Maksi Rodriges: «Atletiko» Simeone tufayli grandlar bilan raqobatlasha boshladi»

«Atletiko» klubi va Argentina terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Maksi Rodriges Diyego Simeonening Madrid klubidagi faoliyatiga baho berdi.

– Mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlab, keyin yetakchilardan biriga aylangan Ispaniya chempionati, «Atletiko» va Simeoneni kuzatyapsizmi?

«Ha, har doim. Ularga o‘zgacha mehrim bor. Men u yerda ajoyib besh yilni o‘tkazdim.

«Atletiko» biroz qiynalgan ko‘rinadi, ammo uch-to‘rt o‘yinda g‘alaba qozonib, peshqadamlarga yaqinlashib oldi. Chempionatda mavsum uzoq davom etadi.

«Barsa» yoki «Real» bilan raqobatlashish qiyin, ammo «Atletiko» anchadan beri yaxshi holatda.
Simeone klubni aql bovar qilmaydigan darajada o‘zgartirdi: u tufayli ular maydonda va undan tashqarida grandlar bilan raqobatlasha boshladi», – dedi Rodriges.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter