Xyoylund: «Umid qilamanki, tez orada men ham gol uraman»

Italiya chempionatining o‘n uchinchi turida «Napoli» safarda «Roma» mehmoni bo‘lib, David Neresning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Neapol klubining daniyalik forvardi Rasmus Xyoylund ham tez orada gol ura olishiga umid qilmoqda. Oxirgi marta bu ikki oy oldin sodir bo‘lgan edi.

«Albatta, men ham gol urishni xohlardim, bu mening hujumchi sifatidagi ishim. Ammo men shunchaki jamoaga yordam berishdan ham mamnunman, har qanday hissa muhim. Asosiysi – g‘alaba qozonish, jamoaviy muvaffaqiyat hamma narsadan ustun,» – deya Xyoylundning so‘zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

«Napoli» keyingi turda Turinning «Yuventus» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter