La Liga. «Atletiko» o‘yin yakunidagi avtogol evaziga safarda «Xetafe»ni yengdi

Ispaniya chempionatining 13-turida «Atletiko» safarda «Xetafe»ni mag‘lub etdi – 1:0.

O‘yinning 82-daqiqasida Domingos Duarte tomonidan kiritilgan avtogol mehmonlarga g‘alaba keltirdi.

«Atletiko» La Ligada ketma-ket beshinchi o‘yinda g‘alaba qozondi. Madridliklar ochkolarini 28 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. «Atletiko» keyingi turda 29 noyabr kuni «Real Ovyedo»ni qabul qiladi.

«Xetafe» ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va 17 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Klub keyingi turda 28 noyabr kuni «Elche»ni qabul qiladi.

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter