Martines: «Ronaldu doim omma e’tiborida»
Yakshanba kuni Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz Armanistonni mag‘lub etdi (9:1) va 2026yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoa ustozi Martines Ronaldu haqida gapirdi.
«Ronaldu doim omma e’tiborida. U gol urganida, odamlar: «Krishtianusiz nima qilamiz?» deb so‘rashadi.
Usiz g‘alaba qozonganimizda, odamlar: «Jamoaga Ronaldu kerakmi?» deb so‘ray boshlaydilar. Biroq Ronaldu doim muhim», dedi Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Roberto Martines matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
