Nigeriya terma jamoasi Gabon ustidan qozonilgan g‘alaba uchun 120 ming dollar oldi

Nigeriya terma jamoasi pley-offning birinchi o‘yinida Gabon terma jamoasini mag‘lub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan bo‘lsa-da, qo‘shimcha bo‘limlarda «superburgutlar» hisobni yirik ko‘rinishga keltirib, yana uchta gol urishdi.

Endi ularni jahon chempionati yo‘llanmasining baxtli egasini aniqlaydigan Kongo DR terma jamoasi bilan o‘yin kutmoqda. Shu bilan birga, Gabon bilan o‘yindagi g‘alabasi uchun Osimxen va sheriklar pul mukofotiga sazovor bo‘lishdi – o‘yin tugashi bilan kiyinish xonasiga Nigeriya futbol federasiyasi vakili kirib keldi va ularga 120 ming AQSH dollari topshirdi. «Har bir urilgan gol uchun 30 mingdan», deya izohladi u.

2026 yilgi jahon chempionati birdaniga uchta mamlakatda – AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter