Kantona: «Manchester Yunayted» o‘z muxlislarini yo‘qotdi»
Fransiyalik sobiq hujumchi Erik Kantona sobiq jamoasi «Manchester Yunayted»dagi vaziyatni keskin tanqid qildi.
«Men «Manchester Siti» bilan o‘yinda bo‘ldim va u yerda muxlislar kamligidan hayron bo‘lardim. To‘g‘rirog‘i, ular o‘zlarini juda sokin tutishardi. Va men shuni tushundimki, uy o‘yinlariga asosan turistlar tashrif buyurishadi, klubning haqiqiy muxlislari esa normal muhitni his qiladigan safar va boshqa stadionlarni afzal ko‘rishadi,» – deya Kantonaning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Kantona 1992 yildan 1997 yilgacha «Manchester Yunayted»da o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
