«Barsa» yarim himoyachisi bilan muzokaralarni qayta boshlaydi
Kataloniyaning «Barselona» klubi tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida.
MD xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi bilan muzokaralar bir necha oy avval to‘xtab qolgan edi. Bu orada futbolchiga Jorje Mendesh agentlik qila boshladi.
«Ko‘k-anorranglilar» o‘z tarbiyalanuvchisi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirishni maqsad qilgan.
Kasado bu mavsumda jami 12 ta o‘yinda 1 ta assist berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
