Allegri g‘alaba qo‘ldan chiqarilgan o‘yinga munosabat bildirdi

«Milan» A Seriya 11-turida ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan holatda «Parma» bilan durang o‘ynadi – 2:2.

«Rossonerilar» ustozi Massimiliano Allegri o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ikki ochko yo‘qotdik. Bilmadim, birinchi bo‘lim oxirida gol o‘tkazib yubormaganimizda qanday bo‘lardi, lekin bu muhim rol o‘ynadi. Tanaffusdan keyin biz shu qadar yomon edikki, gol o‘tkazib yuborishdan oldin ham «Parma»ga standart vaziyatlarda bir nechta aniq vaziyatlar yaratishga imkon berdik. Jamoa go‘yo yarim uyquda edi. Keyin o‘ynashni boshladik, o‘z imkoniyatlarimizni yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Biz bitta gol o‘tkazib yuborib, yiqildik va raqib bundan maksimal darajada foydalandi,» – dedi Allegri Sky Sport’ga bergan intervyusida.

23 noyabr kuni «Milan» «Inter»ga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter