«Barselona» futbolchisi yanvar oyida «PSJ»ga o‘tishi mumkin

«Barselona» markaziy himoyachisi Erik Garsiya «Pari Sen-Jermen» e’tiborida qolmoqda.

Avvalroq parijliklar ispaniyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mish-mishlar «ko‘k-anorranglilar» futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgani fonida tindi, ammo, aftidan, tez orada Parijga ko‘chib o‘tish varianti hali ham istisno qilinmagan. Jurnalist Loik Tanzining ma’lum qilishicha, «PSJ» Garsiya transferi ustida ishlashda davom etmoqda. Fransiya grandi 24 yoshli futbolchini yanvar oyidayoq arzonlashtirilgan narxda sotib olishi mumkin.

Transfermarkt ekspertlari Erik Garsiyaning narxini 25 mln yevroga baholamoqda. Yaqinda markaziy himoyachi shartnomani uzaytirib, «Barsa»da qolishga umid qilayotganini tan olgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter