«Milan» yana yilni foyda bilan yakunlaganini e’lon qildi
«Milan» rekord darajadagi moliyaviy natijalarni e’lon qildi.
Bugungi aksiyadorlar yig‘ilishida 2025 yil 30 iyunda yakunlangan o‘tgan moliya yili bo‘yicha hisobot taqdim etildi.
«Zamonaviy tarixda» birinchi marta klub ketma-ket uch mavsumda foyda ko‘rdi. Bu safar u 3 mln yevroni tashkil etdi. Bundan tashqari, «rossonerilar» ketma-ket uchinchi marta rekord darajadagi daromadga ega bo‘lishdi: o‘tgan yilga nisbatan summa 10 foizga oshdi va 494,5 mln yevroni tashkil etdi.
Tijorat daromadlari 6 foizga (152,3 milliongacha), o‘yinchilar huquqlarini boshqarishdan tushgan daromadlar 30,6 foizga oshdi.
Shu bilan birga, sof moliyaviy qarz 43 million yevroga oshdi – u 92,6 million yevroga yetdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
