«Arsenal» ikki asosiy futbolchisini noyabr oyi oxirigacha yo‘qotdi
Londonning «Arsenal» klubi noyabr oyidagi xalqaro tanaffus yakuniga qadar Viktor Dyokeresh va Gabriel Martinellini yo‘qotdi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, klub har ikki futbolchini 23 noyabr kuni «Tottenxem»ga qarshi derbiga qaytarishga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dyokeresh «Arsenal»ning shanba kungi «Byornli»ga (2:0) qarshi o‘yinida tanaffusda zaxiraga olingandi. Shved bu o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Martinelli undan oldinroq – bir yarim hafta oldin Londonning «Kristal Pelas» klubiga qarshi o‘yinda maydonni tark etgandi.
Seshanba kuni «Arsenal» Chempionlar ligasi doirasida safarda Praganing «Slaviya»siga qarshi, dam olish kunlari esa APL doirasida «Sanderlend» mehmoni bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/