Jerrard «Spartak» taklifiga yana rad javob berdi
                                            
«Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jerrard Moskvaning «Spartak» klubini boshqarish imkoniyatini yana rad etdi.
“Sport-Ekspress” nashri xabariga ko‘ra, Moskva klubi vakillari avgust oyida agentlari bilan bog‘langan ingliz murabbiyi variantiga qaytishgan.
Jerrardning pozisiyasi o‘zgarmadi: u xalqaro vaziyat tufayli Rossiyada ishlash haqida o‘ylamoqchi emas.
Jerrardning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubi bo‘lib, u 2023 yilning iyulidan 2025 yilning yanvarigacha boshqargan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
                    