Spalletti «Yuventus» mashg‘ulot maydoniga yetib keldi
 
                                            
Football Italia nashrining xabar berishicha, italiyalik murabbiy Luchano Spalletti «Yuventus» mashg‘ulot maydoniga yetib keldi.
Manbaga ko‘ra, 66 yoshli mutaxassis tez orada yangi bosh murabbiy bo‘lish uchun klub bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Mish-mishlarga ko‘ra, shartnoma 2026 yil yozigacha amal qiladi va uni uzaytirish imkoniyati mavjud.
To‘qqizta o‘yindan so‘ng, «Yuventus» A Seriya turnir jadvalida 15 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
