«Siti» Rodri bilan muzokaralarni boshladi
«Manchester Siti» rahbariyati ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandes bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «shaharliklar» Rodri bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Klubdagilar yil oxirigacha kelishuvga erishilishiga ishonmoqda. Ta’kidlanishicha, «PSJ» va «Real» vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Rodri 2019 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 29 yoshli xavbek barcha musobaqalarda yettita uchrashuvda maydonga tushdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/