Yamalni eng zo‘ri deb hisoblashmoqda
«Barselona» darvozaboni Inyaki Penya, hozirda «Elche»da ijarada o‘ynayotgan Lamin Yamalning sifatini baholadi.
18 yoshli «Barselona» vingeri so‘nggi paytlarda formasining sustligi va maydondan tashqaridagi xatti-harakatlari tufayli tobora ko‘proq tanqidlarga uchramoqda.
Penyaning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniya gigantining yosh yulduzi hali ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblanishi mumkin.
«Yamal dunyodagi eng yaxshisimi? Ha, men uni hozirda eng yaxshisi deb bilaman», – deya 26 yoshli darvozabonning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/