Turkiya futbolida korrupsiya izlari…
Turkiyadagi futbol hakamlarining chorak qismi muntazam ravishda sportga pul tikib keladi.
Daily Sabah nashrining xabar berishicha, Turkiya Futbol Federasiyasi (TFF) ichki tekshiruv o‘tkazdi va natijada mamlakatdagi faol futbol hakamlarining 65 foizi bukmekerlik kompaniyalarida hisob raqamiga ega ekanligi aniqlandi.
«571 hakamdan 371 nafari pul tikish ilovalarida shaxsiy akkauntlarga ega va 152 nafari faol pul tikib keladi.
Biz futbolimizni har qanday korrupsiya izlaridan tozalash niyatidamiz. Hech qanday istisno bo‘lmaydi», dedi TFF prezidenti Ibrohim Hajiosmanog‘lu Istanbulda bo‘lib o‘tgan brifingda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
