«Chelsi» futbolchilari tezkor evakuasiya qilindi

«Chelsi» futbolchilarini klub bazasidan evakuasiya qilishga to‘g‘ri keldi, chunki basseynda xlor sizib chiqishi mumkin edi. The Sun nashrining xabar berishicha, juma kuni tushdan keyin London klubi bazasidagi basseyn hududida signalizasiya ishlab ketgan va futbolchilar xodimlar bilan birga asosiy binoni tark etishgan.

O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelishdi. Tekshiruvdan so‘ng barcha futbolchilar binoga qaytib, o‘z narsalarini olib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Barcha xodimlar xavfsizlik nuqtai nazaridan evakuasiya qilindi. Keyinchalik bu yolg‘on trevoga ekanligi tasdiqlandi,» – deyiladi klub xabarida.

«Chelsi» shanba kuni o‘z maydonida «Sanderlend»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter