Slot: «Xenderson «Liverpul» uchun juda muhim bo‘lgan»

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot o‘z vaqtida mersisaydliklar sharafini himoya qilgan «Brentford» markaziy yarim himoyachisi Jordan Xenderson haqida gapirdi.

«Niderlandiyada «Ayaks»ga Jordan Xenderson yetishmayotgani haqida gapirishni to‘xtatishmayapti. Bu uning «Liverpul» uchun qanchalik muhim bo‘lganini va hozirda «Brentford» uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi,» – dedi Slot.

Xenderson yozda «Brentford» safiga o‘tdi. «Asalarilar» safida angliyalik futbolchi APL doirasida sakkizta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Xenderson jamoasi 10 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter