«PSJ» Safonovga o‘rinbosar qidirmoqda

Fransiyaning «PSJ» klubi yangi darvozabon qidirmoqda. Bu haqda Sport Mash xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «PSJ» uchun ustuvor variant «Braga» darvozaboni Lukash Gornishek bo‘lib turibdi. Shuningdek, ro‘yxatda «Benfika»dan Anatoliy Trubin, «Portu»dan Diogu Koshta va «Sporting»dan Ruy Silva ham bor. Qayd etilishicha, Koshta bilan shartnoma imzolash oson bo‘lmaydi, chunki u ikkinchi darvozabon roliga rozi bo‘lishi dargumon.

Ta’kidlanishicha, parijliklar safida Safonovni boshqa darvozabonga almashtirish varianti ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, rossiyalikni sotib olish huquqi bilan ijaraga berish ham istisno qilinmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter