«Barselona» Flikning diskvalifikasiyasi bo‘yicha yana bir apellyasiya beradi
«Barselona» yana Xans-Diter Flikning diskvalifikasiyasini bekor qilishga urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, «blaugrana» bosh murabbiyi «Jirona»ga (2:1) qarshi o‘yinda hakamlar qaroridan norozi bo‘lgani uchun ikkita sariq kartochka olgan edi. Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) tartib-intizom qo‘mitasi bugun kataloniyaliklarning apellyasiyasini rad etdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Barsa» yana bir bor germaniyalik mutaxassisning diskvalifikasiyasi ustidan shikoyat qilishga urinib ko‘radi va RFEF apellyasiya qo‘mitasiga murojaat qiladi.
26 oktyabr kuni «Barselona» La Liga 10-turi doirasida «Real»ga qarshi bahs olib boradi. Flik bu o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/