Nemis klubiga yetadigani topilmayapti

Germaniyaning “Shtutgart” klubi o‘z maydonida himoyalanish borasida benuqson natijalarni ko‘rsatmoqda.

Opta Sports xabariga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlaridan so‘ng shvabiyaliklar Yevropaning kuchli beshlik ligalarida o‘z maydonida birorta ham gol o‘tkazmagan yagona jamoa bo‘lib qolishdi.

Bu ligalarga Premyer-liga, Ispaniya Primyerosi, Italiya A seriyasi, Fransiya 1-ligasi va Germaniya Bundesligasi kiradi.

«Shtutgart» Bundesligada jami 3 ta uy uchrashuvida maydonga tushib, Myonxengladbaxning «Borussiya»si (1:0), «Sankt-Pauli» (2:0) va «Xaydenxaym» (1:0) klublarini mag‘lub etgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter