«Fulxem» Marku Silvaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
«Fulxem» xo‘jayinlari bosh murabbiy Marku Silvaga shartnomani uzaytirish istagini bildirgan. Bu haqda The Athletic portali ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, amaldagi kelishuvda 17,2 million yevro miqdoridagi tovon puli to‘g‘risidagi band mavjud. So‘nggi vaqtlarda portugaliyalik murabbiyning xizmatlariga «Nottingem Forest» klubi qiziqish bildirmoqda.
Barcha tomonlar ijobiy kayfiyatda, ammo hozircha yangi shartnoma bo‘yicha batafsil muzokaralar olib borilmayapti. 48 yoshli mutaxassis bor e’tiborini joriy musobaqalarga qaratgan va erta qaror qabul qilishni istamaydi.
8-tur yakunlariga ko‘ra, «Fulxem» Angliya chempionatida o‘n to‘rtinchi o‘rinda bormoqda, «Nottingem» esa undan 4 pog‘ona pastda (5 ochko).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/