Klopp «Manchester Yunayted» bilan muzokaralarni esladi
«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2013 yilda «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar olib borgani va mersisaydliklarni tanlagani haqida gapirdi.
«Uchrashuvda faqat «Sen istagan futbolchini sotib olamiz,» degan gaplarni eshitdim va bu menga yoqmadi. Bu loyiha men uchun emas edi. Men Pogba, Ronaldu yoki boshqa top yulduzlarni qaytarishni xohlamadim, chunki bu to‘g‘ri ishlamas edi. Bularning hammasi futbol haqida emasdi. Keyin esa sof futbol loyihasi – «Liverpul» paydo bo‘ldi,» – dedi Klopp The Diary Of A CEO YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/