«Yuventus» 73 yil ichida ilk bor A Seriyada «Komo»ga yutqazdi

Yakshanba kuni Italiya chempionatida «Komo» – «Yuventus» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Sesk Fabregas jamoasi 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan muxlislarini xursand qila oldi. Natijada, «Komo» ochkolar bo‘yicha «Yuventus»ga yetib oldi va hatto qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha beshinchi o‘ringa ham ko‘tarilib oldi.

Italiya top-divizioni darajasida «Komo» va «Yuventus» o‘zaro 31 ta o‘yin o‘tkazgan va faqat to‘rttasida «keksa sinyora» mag‘lub bo‘lgan. Bugungi o‘yindan oldingi mag‘lubiyatlar ancha oldin – 1952, 1951 va 1950 yillarda sodir bo‘lgan.

Chorshanba kuni «Yuventus» Chempionlar ligasi doirasida «Real» mehmoni bo‘ladi. A Seriyaning navbatdagi turida esa «keksa sinyora» «Lasio» mehmoni bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter