«Chelsi»ga «Arsenal»ning sobiq himoyachisi kerak
Londonning «Chelsi» klubi Italiyaning «Lasio» klubi chap qanot himoyachisi Nunu Tavareshga da’vogarlik qilmoqda.
O‘tgan yozda Rim klubi portugaliyalikni 50 mln yevroga sotishdan bosh tortgandi, ammo yanvar oyidayoq lateralni arzonroq narxda sotib olish mumkin bo‘ladi. Il Messaggero xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini «Chelsi» ko‘rib chiqmoqda.
Nunu Tavaresh yaqindagina Londonning «Arsenal» klubiga tegishli edi. Iyul oyida «Lasio» futbolchini «kanonirlar»dan 5 mln yevroga sotib olgandi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning nufuzli Transfermarkt portalidagi narxi 20 mln yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/