«Barselona» sobiq forvardi Viktor Yamalning mashg‘ulotlardagi harakatlari haqida gapirdi
«Barselona»da to‘p tepgan «Braga» hujumchisi Pau Viktor sobiq jamoadoshi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
Kataloniya grandi 23 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy yilning iyul oyida sotib yuborgan edi. Transfer «Braga»ga 12 mln yevroga tushgan.
«Yamal – aql bovar qilmaydigan futbolchi. U mashg‘ulotlarda ikki tomonlama o‘yinda g‘alaba qozonishni juda xohlagan kunlari hech kim bunga qarshi hech narsa qila olmasdi. Sen shunchaki kuzatib o‘tirasan. Agar Lamin to‘rt kishini aldab o‘tishga qaror qilsa, u shunday qilardi va keyin to‘pni darvozaga yo‘llardi,» – deya Viktorning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.
Lamin Yamal 2023 yilda «Barsa» safida debyut qilgan. Hozirda «ko‘k-anorranglilar»ning yulduzli vingeri 18 yoshda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/