Zlatan «Milan»ga bo‘lgan muhabbati haqida gapirdi
Zlatan Ibrahimovich «Milan»ga bo‘lgan muhabbati haqida fikr bildirdi.
Sobiq hujumchi 2023 yilda jamoadan futbolchi sifatida xayrlashgan edi. Hozirda u Milan klubi egasining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
«Men doimo milanlik bo‘lib qolaman, chunki «Milan» menga nimalar berganini hech qachon unutmayman. Ular menga baxt in’om etishdi, ikkinchi bor qaytganimda esa muhabbat had’ya qilishdi. Men o‘zimdan 20 yosh kichik futbolchilar bilan birga o‘ynaganman.
Xayrlashuv alohida bo‘ldi, chunki bir kun oldin menga dasturni ko‘rsatishmoqchi bo‘lishdi, lekin men: «Hech narsani bilishni istamayman, hissiyotlar tabiiy bo‘lishi kerak,» dedim. Bu oson kechmadi,» – dedi Ibrahimovich.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/