Anchelotti Braziliya terma jamoasidagi maqsadini aytdi
Braziliya terma jamoasi yetakchisi Karlo Anchelotti o‘z maqsadini aytdi.
«Maqsadim – Braziliya terma jamoasi bilan qo‘limdan kelganini ko‘rsatish. Jamoani maksimal darajaga olib chiqishga va jahon chempionatida g‘olib bo‘lishga harakat qilaman. Albatta, hozircha hech bir xorijlik murabbiy Braziliya bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritmagan. Ammo hayotda bir kun biror narsa birinchi marta nimadir sodir bo‘ladi,» – dedi Anchelotti jurnalistlarga.
Braziliya terma jamoasi allaqachon AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi so‘nggi bor 2002 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/