Ronaldu Mbappega maslahatlar bermoqda

«Real» klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Saudiya Arabistoni chempionatida «An-Nasr» jamoasi uchun o‘ynayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldoni yuqori baholadi.

«Ronaldu men uchun doimo o‘rnak va namuna bo‘lib kelgan. Krishtianu – birinchi raqamli, «Real» etaloni. Odamlar hali ham uni eslab, u haqda gapiradi,» – dedi Mbappe Movistar efirida.

Fransuz futbolchisining aytishicha, Ronaldu unga maslahatlar berib yordam bermoqda, bundan Mbappe juda mamnun.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter