Ukraina bosh murabbiyi 5:3 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Jahon chempionati – 2026 saralashining guruh bosqichi doirasidagi o‘yinda Ukraina terma jamoasi safarda Islandiya terma jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Bu natija haqida «sariq-ko‘klar» ustozi Sergey Rebrov fikr bildirdi.

«Juda og‘ir o‘yin bo‘lishini bilardik. Yigitlardan minnatdorman – bu yerda barcha jamoalarga o‘ynash juda qiyin, bu maydonda beshta gol urish haqiqatan ham oson emas,» – dedi mutaxassis OAV vakillari bilan suhbatda.

Mehmondagi muvaffaqiyatdan so‘ng Ukraina terma jamoasi 5 ochko bilan o‘z guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. Fransiya 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Islandiya (3) uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter