Alba: «Tarixdagi eng yaxshi futbolchi bilan o‘ynaganimdan juda xursandman»

«Inter Mayami»ning chap qanot himoyachisi Jordi Alba yaqinda faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

36 yoshli ispaniyalik futbolchi yil oxirida butsalarini mixga osib qo‘yadi. O‘zining yaqinlashib kelayotgan nafaqasi haqida gapirar ekan, u jamoadoshi Lionel Messini tilga oldi.

«Tarixdagi eng yaxshi futbolchi bilan o‘ynaganimdan juda xursandman. Messi va men doim a’lo darajada edik.

Men unga ko‘p golli uzatma berdim, ammo deyarli barcha gollarim uning yordami bilan urildi. Bularning barchasidan faxrlanaman», – deya «Barselona»ning sobiq himoyachisining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter