Olmo «el-klasiko»ni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda
«Barselona» yarim himoyachisi Daniel Olmo Ispaniya terma jamoasi safida mushaklaridan olgan jarohati tufayli 3 haftaga yaqin maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchining La Liga 10-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yinda (26 oktyabr) maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Bundan tashqari, Olmo Ispaniya chempionatida «Jirona»ga qarshi o‘yinni (18 oktyabr) va Chempionlar ligasida «Olimpiakos»ga qarshi bahsni (21 oktyabr) o‘tkazib yuborishi mumkin.
Olmo joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/