«Yuventus» yarimhimoyachisi MLSga yo‘l olishi mumkin
«Yuventus»ning amerikalik yarim himoyachisi Ueston Makkenni o‘z vataniga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Nikola Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «Yuventus» bilan shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga yetadigan 27 yoshli xavbekka allaqachon MLSning nomi oshkor etilmagan ikki klubi qiziqish bildirgan.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yozda Makkenni Turinda qolish uchun Turkiyaga ketishdan bosh tortgan. Ammo ayni damda futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida hech qanday kelishuvga erishilmagan.
Joriy mavsumda Makkenni barcha musobaqalarda 7ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham gol urolmadi. Transfermarkt ekspertlari amerikalikning narxini 22 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/