Saloh dubl qayd etgan o‘yinda Misr Jahon chempionati yo‘llanmasini hal qildi
Misr terma jamoasi JCH-2026 saralashi 9-turidan o‘rin olgan bahsda Jibuti ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Muhammad Saloh dublni rasmiylashtirdi. «Liverpul» hujumchisi 14 va 84-daqiqalarda gol urdi. Yana bir gol 8-daqiqada Ibrohim Adel hisobiga yozildi.
Misr (23) saralashning A guruhida peshqadamlikni kafolatladi va jahon chempionatiga yo‘l oldi. Avvalroq Afrikadan Marokash va Tunis terma jamoalari mundialga yo‘l olgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/