«Real» futbolchisi Ispaniya terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi
Madridning «Real» klubi himoyachisi Din Xyoysen mushaklarida charchoqni his qilmoqda, shu bois oktyabr oyida Ispaniya terma jamoasida o‘ynay olmaydi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yaqin vaqt ichida «Real» shifokorlari Xyoysenning ahvolini baholaydi. Ta’kidlanishicha, himoyachida jiddiy muammolar yo‘q, ammo u baribir 1-2 haftani o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Joriy mavsumda 20 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
11 oktyabr kuni Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 saralashi 3-turi doirasida Gruziyani qabul qiladi. 14-sanada Luis de la Fuente shogirdlari o‘z maydonida Bolgariya bilan kuch sinashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/