Deku «Barsa»ga sof hujumchi kerakmi, degan savolga javob berdi

«Barselona» sport direktori Deku klubning hujumchi pozisiyasini kuchaytirish borasidagi rejalari haqida gapirdi.

OAV xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» kelasi yozda Robert Levandovskining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan Xulian Alvares, Erling Xoland, Seru Girassi, Dushan Vlaxovich va boshqa yulduz hujumchilarga qiziqish bildirmoqda.

«Biz yangi hujumchi bilan shartnoma imzolash masalasiga to‘xtalmayapmiz. Klassik «to‘qqizlik»siz ham o‘ynash mumkin. Hozir transferlar haqida gapirishning vaqti emas. Ferran hujumchi pozisiyasini yopishi mumkin. Chempionlar Ligasida sof forvardsiz g‘alaba qozongan «PSJ» bunga misol», – deya Dekuning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Robert Levandovskining shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi. Avgust oyida polshalik futbolchi 37 yoshga to‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter