Ispan nashri Hakimiyning «Real»ga qaytishi mumkinligi haqida yozdi

Marca nashri «Pari Sen-Jermen» himoyachisi Ashraf Hakimiy o‘zining qadrdon klubi – Madridning «Real» jamoasiga qaytishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, marokashlik futbolchining Ispaniyaga qaytishi hech qachon imkonsiz bo‘lmagan. Ammo bu transferni amalga oshirish juda qiyin bo‘ladi. Hozirda Hakimiy «PSJ» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomaga ega. «Real» yulduz futbolchini qaytarishi uchun Parij klubiga juda katta pul to‘lashi kerak bo‘ladi.

Hakimiy joriy mavsum 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter