Arteta: «Salibani yaxshi ko‘ramiz»
«Arsenal» himoyachi Uilyam Saliba bilan shartnomani uzaytirdi.
London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida bu haqda fikr bildirdi.
«Biz bu o‘yinchini yaxshi ko‘ramiz va bu faqat shartnoma orqali namoyon bo‘lmaydi.
Ba’zi o‘yinchilarning orzusi bor. Kimdir APLda, kimdir «Arsenal»da, yana kimdir boshqa davlatga, boshqa klubga o‘tishni xohlaydi. Buni hurmat qilish kerak», – dedi Arteta.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/