Keynda APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish niyati bormi?

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn «Tottenxem»da o‘ynagan paytida Alan Shirerning rekordiga yaqinlashgani haqida fikr bildirdi.

«Blekbern» va «Nyukasl»ning mashhur sobiq hujumchisi Angliya Premyer-ligasida 260 ta gol urgan bo‘lib, hamon peshqadamlikni saqlab kelmoqda. Keyn 213 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. «Bavariya»ning hozirgi yulduziga bu rekordni yangilash uchun Angliyada yana bir necha mavsumni o‘tkazish kerak bo‘ladi.

«Men bu haqda o‘ylamayman. Angliyadan ketayotganimda, balki bir kun qaytib kelib, rekordni yangilashim mumkinligini o‘ylagandim. Ammo hozir «Bavariya»da o‘ynash menga juda yoqyapti,» – deb Keynning so‘zlarini keltiradi jurnalist Martin Volkmar.

«Tottenxem»ning sobiq futbolchisi Myunxen jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 104 ta o‘yinda maydonga tushib, 100 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter