Palmer jarohatidan qachon qaytadi?

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa yarimhimoyachisi Koul Palmerning jarohatidan so‘ng safga qaytish muddatini ma’lum qildi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ingliz ikki-uch haftani o‘tkazib yuboradi.

«Biz Koulning ahvoli yomonlashmasligi uchun uni biroz asrashga qaror qildik. Biz unga yaqin ikki-uch hafta davomida terma jamoalar o‘yinlari uchun navbatdagi tanaffusgacha dam berishga qaror qildik, bu vaqt ichida u 100 foiz tiklana oladi», – deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

APL 5-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga (1:2) qarshi o‘yinning 21-daqiqasidayoq Palmer maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter