Mourinyo o‘rniga «Fenerbaxche»ga tayinlangan Tedesko ham iste’foga chiqishga yaqin turibdi
Italiyalik murabbiy Domeniko Tedesko tez orada Turkiyaning «Fenerbaxche» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda T24 xabar berdi.
Tedeskoning klubdagi kelajagi UYEFA Yevropa Ligasida Zagrebning «Dinamo»siga mag‘lub bo‘lganidan keyin muhokama qilindi. Uning ushbu uchrashuv uchun tarkib tanlashi ko‘plab mutaxassislarni hayratda qoldirdi.
Tedesko shu yilning sentyabr oyi boshida «Fenerbaxche» bosh murabbiyiga aylangan edi. Chempionatda «Trabzonspor» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng «Alanyaspor» (2:2) va «Qosimposho» (1:1) bilan duranglar qayd etildi. Jamoa peshqadamdan 6 ochko ortda qolgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.
Hozircha, Tedesko terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffusga qadar iste’foga chiqarilib, jamoa Aykut Kojaman va Volkan Demirel boshqaruviga o‘tkazilishi ehtimoli bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/