Bolgariyada o‘yinlarga pul tikish jinoyatlari sodir etildi
Bolgariya futbol klublarining birinchi va ikkinchi divizionlaridagi 46 nafar xodimi uchrashuvlarga pul tikishda qo‘lga olindi, deb xabar beradi dsport.bg portali.
Bolgariya futbol ittifoqi ijrochi direktori o‘rinbosari Dobrin Gyonov voqea haqida gapirdi.
«Intizom qoidalariga ko‘ra, ularni 10 000 leva [5 000 yevro] miqdorida jarimaga tortish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu jarima to‘lanmaguncha, ularning sport bo‘yicha huquqlari to‘xtatiladi», – dedi Gyonov.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/