Boash: «Mourinyo muvaffaqiyati bilan olqishlanadi»

«Portu» prezidenti Andre-Villash-Boash «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida gapirdi.

«Joze Mourinyoning «Portu»dagi tarixi abadiydir. Lekin hozir u «Portu»ning raqibi – «Benfika»ning murabbiyi.

«Portu» tarixi, qisman, azaliy raqiblari ustidan qozonilgan g‘alabalar tufayli ajoyib bo‘ldi va shu ma’noda, Mourinyo «Benfika»ning boshqa murabbiylari kabi, bu yerda ham xuddi shunday kutib olinadi. U muvaffaqiyati bilan olqishlanadi, – dedi Boash.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter