Messi MLS rekordchisiga aylandi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi «Di Si Yunayted»ga qarshi o‘yinda (3:2) dubl qayd etib, MLSning navbatdagi rekordini o‘rnatdi.

Argentinalik futbolchi chempionatda atigi 46 o‘yinda 70 ta samarali harakat ko‘rsatkichiga erishdi – hali hech kim bu ko‘rsatkichga bu qadar tez erishmagandi. Avvalgi rekordchi Karlos Vele 55 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Sebastyan Jovinko (61), undan keyingi o‘rinlarda Kucho Ernandes (69), Yozef Martines va Robbi Kin (70 tadan) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yilning yozidan beri AQSHda «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. 38 yoshli hujumchi 22 ta gol bilan MLSning joriy mavsumida to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter