Bundesliga. «Bavariya» navbatdagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Germaniya Bundesligasining 4-turida «Bavariya» safarda «Xoffenxaym»ni mag‘lub etdi – 4:1.

Uchrashuvda myunxenliklar forvardi Xarri Keyn xet-trik qayd etdi. 32 yoshli angliyalik 44-daqiqada o‘yindan gol urgan bo‘lsa, 48 va 77-daqiqalarda ikki marta penaltidan unumli foydalandi. 90+9-daqiqada Serj Gnabri 4-golni urdi.

Mezbonlarning yagona goliga 82-daqiqada Vladimir Soufal mualliflik qildi.

«Bavariya» (12) mavsum startidagi to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va Bundesligada peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Xoffenxaym» (6) turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga, 4-tur
Xoffenxaym – Bavariya – 1:4
20 sentyabr, 18:30, «PreZero Arena» (Zinsxaym)
Gollar: Keyn, 44 (0:1). Keyn, 48 – penaltidan (0:2). Keyn, 77 – penaltidan (0:3). Soufal, 82 (1:3). Gnabri, 90+9 (1:4)
Xoffenxaym: Baumann, Granach, Xaydari, Bernardu, Soufal (Akpoguma, 83), Avdullaxu (Toxumdju, 83), Byurger (Premel, 78), Prass, Ture, Damar (Kramarich, 66), Asllani (Bebu, 78)
Bavariya: Noyer, Kim Min Dje (Upamekano, 69), Ta, Laymer, Boe (Bishof, 86), Goreska (Kimmix, 62), Pavlovich, Jekson (Gnabri, 62), Dias, Karl (Olise, 62), Keyn
Ogohlantirishlar: Soufal, 9 – Dias, 12. Goreska, 29

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter