Xayen: «Bryugge» shunday ajoyib kechani taqdim etishga qodir jamoa»
«Bryugge» bosh murabbiyi Niki Xayen Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan «Monako»ga (4:1) qarshi o‘yinga o‘z munosabatini bildirdi.
«Jamoa uchun chinakamiga faxrlanaman. Bu chiqish eng mukammal bo‘ldi. Har bir o‘yinchi o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi. Hatto bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Harakatni davom ettirdik, yangi imkoniyatlar yaratishda to‘xtamadik. Endi ko‘rib turibsizki, «Bryugge» shunday ajoyib kechani tashkil eta oladigan jamoa ekan,» deya Xayenning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/