«Nyukasl» bosh murabbiyi Yamalning bugungi o‘yinda ishtirok etmasligidan afsusda

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau «Barselona»ning yulduz vingeri Lamin Yamal Chempionlar ligasi doirasidagi «qarg‘alar»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi haqidagi xabarga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi terma jamoa safida son suyagidan jarohat olgan edi.

«Afsuski, u o‘ynamaydi – bunday o‘yinchini ko‘rmaslik achinarli. Ammo «Barselona»ning qanotlarida boshqa iqtidorli futbolchilar ham bor», – dedi mutaxassis matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter