«Nyukasl» yarim himoyachisi: «Bolaligimda doimo «Barselona» o‘yinlarini tomosha qilardim»
«Nyukasl»ning braziliyalik yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Chempionlar Ligasining «Barselona»ga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Barselona» bilan o‘yinni intiqlik bilan kutyapman. Bu jamoa bilan hali uchrashmaganman. Bolaligimda doim ularning o‘yinlarini tomosha qilardim. Menimcha, Lamin – dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri. Ajoyib o‘yinchi, ammo ertaga unga qarshi emas, Pedri, Rafinya, Levandovski va boshqa buyuk futbolchilarga qarshi o‘ynaymiz,» – dedi Gimaraes jurnalistlarga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/