Luis Enrike jamoadan ketmoqchi bo‘lgan Neymarga: «Yaxshi, ketganing yaxshi», degani ma’lum bo‘ldi

«PSJ» sport maslahatchisi Luish Kampush braziliyalik hujumchi Neymar klubni tark etganida bosh murabbiy Luis Enrikening reaksiyasi haqida so‘zlab berdi.

«Luis Enrike Neymarga birinchi bo‘lib: “Yaxshi, ketganing yaxshi”, degan. Buni u shaxsan aytgan. Chunki Enrikening futbolga qarashi boshqacha: maydonda jamoaviy o‘yin bo‘lishi kerak, shuningdek, hafta davomida eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan futbolchilarga ishonish zarur», — deya Kampushning so‘zlarini jurnalist Fabris Xoukins ijtimoiy tarmoqda keltirgan.

Neymar 2017 yildan beri «Barselona»dan 222 mln yevro evaziga transfer qilingach, «PSJ» safida to‘p surib kelayotgan edi. Bu transfer hanuz futbol tarixidagi eng qimmati hisoblanadi.

Neymar «PSJ» safida jami 173 ta o‘yin o‘tkazib, 118 ta gol urdi va 77 ta golli pas berdi. Parij klubi bilan u 5 marta Fransiya chempionligini, 3 marta Fransiya Kubogini qo‘lga kiritdi va bir marta Chempionlar Ligasi finaligacha yetib bordi.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter