«Milan» himoyachisi Menyanning jarohati haqida fikr bildirdi

«Milan» himoyachisi Matteo Gabbiya darvozabon Mayk Menyanning jarohatiga izoh berdi. Fransiyalik futbolchi Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Bolonya»ga qarshi o‘yinni (1:0) oxirigacha o‘tkaza olmadi.

Menyan o‘rniga Petro Terrachchano o‘yinga qo‘shildi.

«U maydonni tark etishga majbur bo‘lganidan juda xafa bo‘ldi. U jamoaga g‘alaba qozonishga yordam bermoqchi edi. U shu hafta tekshiruvdan o‘tishi kerak, o‘shanda jarohat darajasini ko‘ramiz. Maykka juda achinaman, uning qanday professional ekanini bilaman, u haqiqatan ham borini beradi, ammo men Terrachchanoni tabriklamoqchiman – u o‘yinga juda yaxshi kirishib ketdi, katta yordam berdi,» – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi DAZN.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter